Qo‘l terisini chuqur namlantiruvchi, silliqlik va ipakdek yumshoqlik beruvchi kundalik krem. U qo‘llarni quruqlik, sovuq, quyosh va yuvish vositalaridan keladigan ta’sirlardan himoya qiladi. Tarkibi yengil, tez so‘riladi va terida yopishqoq iz yoki yog‘lilik hissi qoldirmaydi.
Kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan namlantiruvchi va himoyalovchi krem, u nafaqat quyosh nurlaridan himoya qiladi, balki terini oziqlantiradi, tinchlantiradi. Niatsinamid, shirinmiya ildizi va seramidlar teri to‘sig‘ini mustahkamlaydi.
Daily Moisture
SPF PA++++50
Teri tarangligini oshiruvchi, ajinlarni kamaytiruvchi va chuqur namlantiruvchi lifting-krem.
Kollagen, peptidlar, gialuron kislotasi va seramidlar kombinatsiyasi orqali terining elastikligini tiklaydi, “yosh ko‘rinish” effektini beradi va yuz tuzilmasini mustahkamlaydi.
Skin Lifting
Collagen Cream
Tunda terini tiklaydigan, oziqlantiradigan va namlik bilan to‘yintiradigan krem. U uyqu paytida teri hujayralarining yangilanishini rag‘batlantiradi, charchoq, xiralik va stress belgilarini yo‘qotadi. ertalab yuz tetik, silliq va dam olgandek qiladi.
Kundalik foydalanishga mo‘ljallangan namlantiruvchi va tiniqlik beruvchi krem, u terini chuqur oziqlantiradi, namlikni uzoq vaqt saqlaydi va sog‘lom yaltirash beradi. Undan tashqari quruqlik va xiralikni kamaytiradi, terini yumshatadi va elastikligini oshiradi.
Daily Glow
Hydrating Cream
Poralarni chuqur toraytiruvchi, yuz tiniqligini tiklovchi, namlikni ta’minlovchi zardob. Gialuron kislotasi va pantenol chuqur namlaydi, baryerini mustahkamlaydi va elastiklikni tiklaydi. Muntazam foydalanilganda akne izlarini yo‘qotishga yordam beradi.
Terining tarangligi, elastikligi va yosh ko‘rinishini tiklashga mo‘ljallangan qarishga (anti-aging) qarshi kuchli zardob. Tarkibida retinol, peptidlar, niatsinamid va gialuron kislotasi kabi ilg‘or komponentlar mujassam bo‘lib, ularni birgalikda ishlashi terini chuqur yangilaydi va sog‘lom yaltirash beradi.
Termal Onsen suviga asoslangan namlantiruvchi va tiklovchi mist. Har kuni, istalgan vaqtda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mistni yuzga sepgandan keyin darhol quruqlik hissini oldini oladi, terini tinchlantiradi va namlik bilan to‘yintiradi.
Toner tarkibidagi spirulina ekstrakti, gialuron kislotasi va peptidlar tufayli terining elastikligini oshiradi va charchoq belgilari yo‘qolishiga yordam beradi. Kundalik yuz parvarishining muhim bosqichi, ya’ni terini keyingi bosqichlarga tayyorlaydigan balanslovchi toner.
Elastic Glow
Perfecting Toner
Tetiklashtiruvchi gel mayin ko‘piklanib, g‘ovaklarni chuqur tozalaydi, ortiqcha yog‘ni olib tashlaydi va eng muhimi terini quritmaydi. Rux PCA va zaytun bargi ekstrakti yallig‘lanishni oldini oladi, toshmalaladi, teri esa tiniq va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Balance Purifying
Gel Cleanser
Mayin va zich ko‘pik terini chuqur tozalaydi, ortiqcha yog‘ va kirni olib tashlaydi va tabiiy muvozanatini saqlab qoladi. 16 xil aminokislotalarga asoslangan formula teriga yumshoqlik beradi, tortilish hissini kamaytiradi va baryerini mustahkamlaydi.